Oq uy Şimoliy Koreya Pyongçangdagi Olimpiada vaqtida AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens bilan uçraşuvni bekor qilgani haqidagi maqolalar rostligini tasdiqladi.
“Pxenyan vitse-prezident Şimoliy Koreya haqida yumşoqroq gapirişi umidida uçraşuvni ortga surdi. Bu Şimoliy Koreyaga Olimpiadada öz taşviqoti uçun jahon sahnasiga ega bölişga imkon berardi”, deb aytilgan Pens apparati boşliği Nik Ayyers bayonotida.
“Ular uçraşuvdan boş tortişdi. Ehtimol ular muzokaralar stoli atrofiga ötiriş uçun heç qaçon samimiy tayyorlanmaganlar”, deb qöşimça qilgan Ayyers.
Avvalroq OAVda Pens Şimoliy Koreya yetakçisining singlisi Kim Yo Çjon bilan uçraşişga tayyorlangani, biroq uçraşuv bölib ötmagani haqida ma'lumot berilgandi. Pens Olimpiada davomida Şimoliy Koreyani bir neça marta keskin tanqid qilgan. Şunga qaramay, Pens Olimpiada oçiliş marosimida Şimoliy Koreya delegatsiyasi yonida ötirgan va Oq uyning ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya vakillariga “e'tibor qaratmagan”.
Maqolada ma'lum qilingandek, Şimoliy Koreya vakillari Pens bilan uçraşuvni oxirgi lahzada bekor qilişgan. Buni AQŞ davlat departamenti rasmiy vakili Xezer Nauert ham tasdiqladi.
“Şimoliy Koreya vakillari oxirgi lahzada uçraşuvni ötkazmaslikka qaror qilişgan. Biz ular şunday imkoniyatdan foydalanmaganlaridan afsusdamiz”, deb aytgan Nauert.
Nauert Vaşington Pens safari davomida Şimoliy Koreyadagi inson huquqlari buzilişlari va Şimoliy Koreyadan oğir ahvolda qaytib, köp ötmay vafot etgan amerikalik Otto Uormbiyer ölimiga e'tibor qaratgani uçun Pxenyandan uzr söramasligini qöşimça qilgan.
“Biz Şimoliy Koreyaning qişki Olimpiadaga kelişi uşbu tuzumning asl mohiyatini va dunyo bu tuzum amalga oşirayotgan qurollaniş dasturlari oldida birdam bölişini yaşirişga imkon berişiga ijozat bermaymiz. Şimoliy Koreyaning diplomatik va iqtisodiy yakkalanişini tobora çuqurlaştirayotgan bosim ötkaziş kampaniyasi Pxenyan Koreya yarimorolini qurolsizlantiriş böyiça işonçli muzokaralarga rozi bölmagunça davom etadi”, deb aytgan Nauert.












