Donald Tramp prezidentligi vaqtida Guantanamo turmasidagi mahbus ilk bor uçinçi tomonga – Saudiya Arabistoniga topşiriladi. Bu haqda Pentagon vakili, harbiy-dengiz kuçlari kapitani Sara Xiggins ma'lum qildi.
Uning aytişiça, AQŞ “mahbus yaqin orada topşirilişiga” umid qilmoqda. Ahmad ad-Darbiy ismli mahbusning Saudiya Arabistoniga topşirilişining oxirgi muddati 20 fevralga belgilangandi, biroq AQŞ Ar-Riyoddan mahbusning saqlanişi böyiça ba'zi “kafolatlar” berilişini talab qilgani sababli bu muddatni ötkazib yubordi.
Ad-Darbiy 2014 yilda AQŞ harbiy komissiyasi oldida fransuz tankeriga hujum qilişda aybdorligini tan olgan. U körsatmalar berişi evaziga sobiq jangarilarni “reabilitatsiya qiliş” dasturi böyiça Saudiya Arabistoniga jönatilmoqçi bölgan.









