Demokratik partiya AQŞ kongressi uçun oraliq saylovlarda ğalaba qozonib, 2027-yil yanvaridan ikki palatani ham nazorat qiladigan böldi. Ularda respublikaçi prezident Donald Trampning taşqi siyosatiga taʼsir ötkaziş imkoniyati böladi, deb yozmoqda Reuters. Agentlik beşta asosiy yönalişni sanadi.

Eron bilan uruşni çeklaş

Tramp Eron bilan uruş boşlaşdan oldin kongress roziligini olmagandi. Kongressdagilar endi Trampni uruşni davom ettiriş uçun ruxsat olişga majburlaş maqsadida mudofaa xarajatlarini qisqartirişi yoki davlat lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlaşni keçiktirişi mumkin. Bundan taşqari, maʼmuriyat vakillariga öz rejalari töğrisida oçiq eşituvlarda hisobot beriş majburiyati yuklanişi mumkin.

Ukrainaga yordam

Tramp davrida Ukrainaga töğridan töğri moliyaviy va harbiy yordam deyarli töxtab qolgan. Bundan taşqari, AQŞ prezidentining Rossiya bilan dizel kelişuv tuziş qarori kongressning köpçilik aʼzolari (jumladan, respublikaçilar) tomonidan salbiy qabul qilingan.

Endi kongressdagi demokratlar qaysi qonun loyihalarini va qaçon ovozga qöyişni köpçilik ovoz bilan hal qila oladi – bu ularga Ukrainaga yangi yordamni maʼqullaş imkonini berişi mumkin. Katta ehtimol bilan, bunday loyihalar Trampning vetosini çetlab ötiş imkonini beradigan darajadagi köp ovoz bilan (kongressmenlarning uçdan ikki qismining ovozi) qabul qilinadi.

Isroilga harbiy yordamni töxtatiş

Hozirda Isroilga yordam 3,8 milliard dollar miqdoridagi yillik moliyalaştirişni, şuningdek, 2023-yil 7-oktabridagi voqealardan keyin qöşimça tarzda ajratila boşlangan milliardlab dollarni nazarda tutadi. Tramp esa saylovlar arafasidagi intervyusida Isroil endi bunday kömakka muhtoj emasligini aytib, yil oxirida yordam beriş töxtatilişini eʼlon qildi.

Harbiy xarajatlarni çeklaş va xorijiy yordamni qayta tiklaş

Tramp 2026-yilda harbiy byudjetni 67 foizga – 1,5 trillion dollargaça oşirişni talab qilgandi. Biroq senatdagi demokratlar Tramp Eronda uruş boşlaş rejasini kongress bilan maslahatlaşişdan boş tortgani va ijtimoiy dasturlarga xarajatlarni qisqartirganini bahona qilib, allaqaçon bu taklifni bloklagan.