Dunyoning nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri bölgan Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi Özbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirayotgani haqida maqola e'lon qildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.  

Ma'lumki, 2017 yilning dekabr oyida Toşkentga Oksford islom tadqiqotlari markazi direktori Farhan Nizomiy taşrif buyurgan edi. Taşrif davomida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Toşkent islom universitetining Islomşunoslik ilmiy-tadqiqot markazi bilan istiqboldagi ilmiy hamkorlik aloqalari muhokama qilingan, tomonlar örtasida anglaşuv memorandumi imzolangan edi. 

Naşrda yozilişiça, Farhan Nizomiy Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov tomonidan qabul qilingan. Oksford islom tadqiqotlari markazining ma'lum qilişiça, Özbekistonga taşrif davomida erişilgan kelişuvlar natijasida ikki mamlakat tadqiqotçilari tomonidan dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar ötkaziladi, mutaxassislar almaşinuvi yölga qöyiladi, xalqaro seminar va konferensiyalar ötkaziladi, ilmiy adabiyotlar naşr etiladi.