2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma'lum şaxs Muqimiy köçasida töxtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MÇJga tegişli “Lasetti” rusumli avtomaşinaga hujum qilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, ular avtomaşina içida bölgan S.Ş. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, piçoq va pnevmatik pistolet bilan qörqitişgan hamda S.Ş.ni elektroşoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegişli 15 mln. söm hamda Ya.Ya.ga tegişli 8 mln. söm pullarni olib, voqea joyidan yaşiringanlar.
Körilgan çoralar natijasida, uşbu jinoyatni Olmazor tumani R.Aşurov köçasida yaşovçi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tuğilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qölga olingan. Uning şeriklarini aniqlaş va uşlaş çoralari körilgan.












