21 fevral kuni Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi Ijro qömitasi Byurosi qarori asosida «Navbahor-Loçinlari» va «Bunyodkor» klublarining har biri 500 million söm miqdorida jarimaga tortildi.
ÖFA sayti xabariga köra, bu klublar futboldan bir yilga çetlatilgan Oybek Qiliçev va umrbod çetlatilgan Dilşod Ahmadaliyevni örtoqlik öyinlarida maydonga tuşirgan.
Bugun, 22 fevral kuni ÖFA bu qaror yuzasidan bayonot berdi.
«Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi Ijro qömitasi Byurosining 2018 yil 21 fevraldagi 6-sonli Qarori amaldagi Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi Nizomining 14-moddasi hamda Özbekiston Professional futbol ligasi Reglamentining 3.2 bandi, Intizom kodeksining 5.22-bandiga binoan qabul qilingan.
Reglamentning 3-moddasida futbol klublariga alohida talablar belgilangan bölib, uning 3.2-bandida futbolga oid har qanday masalalarda ÖFA va ÖzPFL qarorlariga böysunişi alohida belgilab qöyilgan. Şuningdek, ÖFA Intizom kodeksining 5.22 bandida talablarni bajarmaslik uçun intizomiy çora sifatida jarima qöllanilişi belgilangan. Qöllaniladigan jarima miqdori esa 500 million sömgaça körsatilgan.
Nizomning 14-moddasida Assotsiatsiyasi a'zolari uning qarorlariga töla muvofiqlikda harakatlanişi belgilangan. Majburiyatlarning har qanday a'zolar tomonidan buzilişi esa sanksiyalar qöllanişiga olib kelişi mumkin.
Tan oliş lozim, belgilangan jarima miqdori katta, har qanday klub ğaznasiga ta'sir etadi. Ammo bugungi kun talabidan kelib çiqiladigan bölsa, mas'uliyatsizlikka, e'tiborsizlikka, işga kör-körona yondoşişga yöl qöyib bölmasligini har birimiz his qilişimiz kerak. Qabul qilinayotgan rasmiy hujjatlar hayotga tadbiq qilinsagina, vijdonan bajarilsagina unum böladi. Vaholanki, «Navbahor» klubi ham, «Bunyodkor» klubi ham özi böysinuvçi taşkilotning hujjatlariga panja ortidan qaradilar, «kim köribdi, kim bilibdi» qabilida iş tutdilar. Qöllanilgan jazo esa boşqalarga örnak misolida, huşyorlikni oşiriş, mas'uliyatni his qiliş sifatida qabul qilinişi inobatga olingan.
Özbekiston futbol Assotsiatsiyasi mamlakatimizda futbolni muvofiqlaştiriş böyiça yuqori taşkilot hisoblanadi. Şunday ekan unga böysunuvçi a'zolar, şu jumladan, futbol klublari uning qarorlarini sözsiz bajarişi va hurmat qilişi lozim» - deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Tribuna.uz bu voqea yuzasidan «ÖFA reglamentga tupurganmi? Taşkilotning navbatdagi asossiz qarori» mavzusida maqola e'lon qilgan edi.
Taxminimizga köra, ÖFA aynan şu maqolaga munosabat sifatida bu bayonotni bergan. Ammo, unda berilgan bir savolga javob oçiqligiça qolgan: çetlatilgan futbolçi jamoa yiğinlarida, maşğulotlarga teng öyinlarda qatnaşgani uçun, klub jazolansin, deb reglamentning qaysi joyida belgilab qöyilgan? Bunisi noma'lumligiça qolgan.












