Özbekiston milliy jamoasi mundialdagi iştirokini yakunlab, Toşkentga qaytib keldi. Öyinlar atrofidagi qizğin muhokamalar töxtayotgan bir paytda, tarmoqlarda yangi mojaro böy körsatdi. Amerikada yaşayotgan ayrim blogerlarning iddaosiça, FIFA tomonidan Özbekiston futbol assotsiatsiyasiga ajratilgan imtiyozli çiptalar muxlislarga asl narxidan qimmatga sotilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar fonida bloger Abdurahmon Fozilov videomurojaat bilan çiqdi va na liboslar, na çipta bilan boğliq vaziyatga aralaşmaganini bildirdi. Iwash brendi bilan tanilgan Otabek Jörayev ham ayblovlarni töliq inkor qildi va stadionga özning çiptasi bilan kirganini, faqat homiylari tomonidan sovğa qilingan biletlarnigina çipta sörab murojaat qilgan hamyurtlarimizga sotganini aytdi.

ÖFA esa holatga hozirça munosabat bildirmadi.

Instagram'ning Ikromjon Abdullayev ismli foydalanuvçisiga köra, ÖFAga imtiyozli ravişda taqdim etilgan çiptani unga 450 dollardan, ikkitasini 900 dollarga sotişgan.

Instagram'dagi evilwox yuzerneymi egasi Şoxruh Azizovning aytişiça, 200, 300, 400 dollarlik çiptalar 900 dollardan 1500 dollargaça narxlarda sotilgan. Narxlar qimmatligi sabab yuzlab muxlislar stadionga kira olmay, taşqarida qolib ketgan.

AQŞda yaşovçi yana bir hamyurtimiz Nizomiddin Ahmadjonov ham holat yuzasidan keskin fikr bildirib, arzon çiptalar berilganda köplab özbekistonliklar öyinlarga borişi mumkin bölganiga urğu berdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar fonida Abdurahmon Fozilov ham videomurojaat bilan çiqdi va na liboslar, na çipta bilan boğliq vaziyatga aralaşmaganini bildirdi.

“Futbolka, bilet, mehmonxona, umuman Amerikadagi taşkiliy işlarning birortasiga men aralaşganim yöq. Barçasiga javobgar mutasaddi vakillar bor. Men bilaman, “Asr market” original futbolkalarni sotdi va iltimos qilişganiga reklama qilib berdim. Biletga kelsak, fan-klubning 700 ta çiptasini Abdurahmon Fozilov 1000-1500 dollardan sotibdi, emiş. Azizlar, 700 ta bilet 1000 dollardan bölsa, 700 ming dollar böladi. Birorta ham fan-klubning biletiga men aralaşganim yöq. Çiptalarni vakolatli şaxslar fan-klubga berdi, qolganini kimga tarqatdi, mening işim emas”, dedi Fozilov.

Otabek Jörayev esa unga homiylari tomonidan bir neçta çipta sovğa qilingani, öz ehtiyojlaridan oşiqçasini sotganini aytdi.

“Amerikada yaşaydigan vatandoşlarimiz bilet mojarasiga duç kelib, qiyin ahvolga tuşib qolişibdi. Ya’ni biletni vaqtida olişmagan, vaqtliroq harakat qilişmagan, köçaga çiqib olaman desa, narxlar oşib ketgan. Saytda ham çipta qolmagan, kassaga borib ololmaydi, çunki masofalar juda uzoq. Liçkamga rosa yozişadi, aka, bilet topib bering, deb. Homiylar tomonidan 2-3 ta kompaniya menga ikkitadan bilet sovğa qilgan. Menda bilet bor, kerakmas dedim. Bittasi Xitoydan keldi, bittasini Amerikadagi akamiz sovğa qildi. Endi biletni tekinga bervoriş yoki sovğa qiliş mening qölimda. U narsa notöğri hisoblanmaydi. Harom ham bölib qolmaydi. Yonimda öğlim bor edi, unga berdim. Yaqinlarim söradi, ularga berdim. Qolganini sotdim. Qanaqa sotdim, bozor qanaqa narx talab qilsa, şunaqa narxda sotdim. Buni har qanday biznesmen tuşunadi”, deydi