Marosimda boş vazir Abdulla Aripov, DXX raisi va ÖFA prezidenti Bahodir Qurbonov, ÖFA birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov va boşqa rasmiylar, futbolçilarning yaqinlari, yoşlar, futbol faxriylari va muxlislari, san’atkorlar iştirok etdi.

Tadbirda prezident Şavkat Mirziyoyevning milliy jamoaning natijalari haqidagi sözlari va futbolçilarni qöllab-quvvatlaş çaqiriği videosi namoyiş etildi.

Davlat rahbari futbolçilar muhim tajriba orttirgani, aybdorlarni qidiriş va ortiqça his-tuyğular bilan e’tiroz bildiriş esa «xalqimizga xos iş emasligini», katta ğalabalar hali oldinda ekanini aytgandi. Yiğilganlar davlat rahbari sözlarini qöllab-quvvatlab, debyut çempionatdagi iştirok muhim bölganini ta’kidladi.

Boş vazir Abdulla Aripov sözga çiqib, milliy jamoa nomdor raqiblarga qarşi «jasorat bilan kuraşganini» aytdi va futbolçilarni «divan ekspertlari»ni keçirişga çaqirdi. «Ular sizlarning maşhurligingiz evaziga layklar töplamoqçi», dedi Aripov milliy jamoani ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilganlarni nazarda tutib.

«Sizlar FIFA reytingida 5-örinda turgan Portugaliya, 13-örinda turgan Kolumbiya va köplab futbolçilari Yevropa va jahonning yetakçi klublarida töp suradigan Kongo milliy jamoalariga qarşi mardonavor kuraşdingiz. Har bir hujum, har bir himoya, har bir zarba va har bir kuraş lahzasi xalqimizga hayajon, umid va faxr bağişladi», dedi u.

Tadbirda milliy jamoa futbolçilari ham sözga çiqib, jahon çempionati katta tajriba maydoni bölganini, kelgusida bundan yaxşiroq natijalar qayd etiş uçun bor kuçini sarflaşini ta’kidladilar.