Brexit’dan keyin Yevropa Ittifoqida qoladigan 27 ta davlat yetakçilari 23 fevraldagi norasmiy sammitda ittifoqning 2020 yildan keyingi davr uçun uzoq yillik moliyaviy rejasini muhokama qilişadi.
Yevropa Ittifoqi muntazam ravişda uzoq yillik moliyaviy rejalarni (MFF) qabul qiladi. Söngra ular hisobga olingan holda Yevropa Ittifoqining har yillik byudjyetlari qabul qilinadi. MFF’ning joriy ölçami 1 trln yevroga yaqinni, ittifoqning bir yillik byudjyeti esa 150 mlrd yevroni taşkil qiladi.
Uşbu byudjyetlar köp jihatdan Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar badallaridan taşkil topadi. Joriy 7 yillik moliyaviy reja 2014 yildan 2020 yilgaça bölgan davrni qamrab oladi. Mos ravişda, keyingi reja 2021 yildan 2027 yilgaça davr uçun möljallanadi va u böyiça hozirdanoq iş olib borilmoqda. Endi bu moliyaviy reja Brexit’dan keyin Buyuk Britaniyaning YeI byudjyetiga ança ahamiyatga ega badallari hisobga olinmagan holda hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqida moliyaviy rejani isloh qiliş böyiça turli takliflar bildirmoqda: Yevrokomissiya va Yevroparlament xarajatlar hajmini oşirişni va mablağlarning yangi manbalarini topişni taklif qilmoqda. Şuningdek, byudjyet zaxirasi yaratiş taklif qilinmoqda. Yevrokomissiya keyingi MFF böyiça özining yakuniy takliflarini may oyi boşigaça taqdim qiladi. Söngra bu takliflarning Yevroparlament va Yevrokengaşda muhokama qilinişi boşlanadi.












