Qaşqadaryo viloyatiga safar qilayotgan KUN.UZ sayti ijodiy guruhi noodatiy manzaralarga guvoh bölişdi. Viloyatda bir kunlik issiqxonalar bilan prezidentga közböyamaçilik qilingan.

Sayt tahririyatiga qaşqadaryoliklar tomonidan viloyatdagi yöllar yoqalarida prezident taşrifi arafasida vaqtinçalik issiqxonalar qurilgani, endi bu «issiqxonalar» qarovsiz yotgani haqida xabar berişgandi.

Ijodiy guruh şunday tut novdalari va sellofandan qurilgan qölbola issiqxonalardan birini borib kördi va murojaatdagi ma'lumotlar tasdiqlandi - xöjakörsinga, şu bilan birga vaqt, mablağ va kuç sarflab barpo qilingan issiqxonalarda limon köçatlari qovjiray boşlagan.

Qayd etiş kerakki, viloyat böylab bunday issiqxonalar bir qança joyda qurilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28-29 yanvar kunlarida Qaşqadaryo viloyatida bölgandi.