Rossiya tomoni Özbekistonning mart oyi oxirida Toşkent şahrida Afğoniston böyiça «Tinçlik jarayoni. Xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy şerikçilik» nomi ostida xalqaro konferensiya ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavro Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov bilan uçraşuv vaqtida ma'lum qildi.

«Bunday forum ötkaziş taşabbusi özbekistonlik döstlarimiz tomonidan yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengaşi maxsus yiğilişi vaqtida ilgari surilgandi. Bugun biz uşbu muhim tadbirga tayyorgarlik köriş masalalarini muhokama qildik. Biz Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun mavjud formatlarni, xususan, Moskva formati va «ŞHT+Afğoniston» formatini mobillaştiriş zarurligini qayd etdik», deya Lavrovning sözlarini keltirgan TASS agentligi.

Rossiya TIV rahbari «Afğooniston muammosi mintaqadagi barça davlatlardan taşqari atrofdagi boşqa davlatlarni, şuningdek, Rossiyani ham taşvişlantiradigan muammo» ekaniga e'tibor qaratgan.

«Biz bu mamlakatda IŞID ta'siridagi kuçlar ösib borayotganidan taşvişdamiz. Bu kuçlar ayniqsa Afğonistonning şimoliy hududlarida, qaysiki, MDHga a'zo davlatlar bilan çegara hududlarida töplanmoqda. U yerlarda bizning mamlakatlarimiz fuqarolari ham bölgan lagerlar yuzaga kelmoqda», degan Lavrov.

Öz navbatida Abdulaziz Komilov Özbekiston tomoni Rossiyadan uşbu konferensiya ötkazilişidagi qöllovidan minnatdor ekanini ma'lum qilgan.

«26 mart kuni biz Toşkentda Afğoniston masalasida xalqaro konferensiya ötkazişni rejalaştirmoqdamiz. Bu konferensiya Moskva formati, xalqaro kontakt guruhi, Istanbul jarayoni, ŞHT-Afğoniston kontakt guruhlari va Afğoniston muammosiga bağişlangan boşqa köplab guruhlarning mantiqiy davomçisi böladi», degan vazir.

U Rossiyadan taşqari uşbu marosimga AQŞ, Xitoy va boşqa köplab davlatlar taklif etilganini qöşimça qilgan.

Konferentsiyada Pokiston, Eron, Hindiston, Saudiya Arabistoni, BAA, Turkiya va Yevropaning boşqa bir qator davlatlaridan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiya uşbu konferensiyada iştirok etiş istagini bildirgan), şuningdek, BMT va Yevropa Ittifoqidan vakillar bölişi kutilmoqda.

Abdulaziz Komilov Özbekiston tomoni Toşkentdagi konferensiyadan keyin Afğonistonda tinçlik örnatiş masalasida jadal işlar olib borilişiga işonç bildirişini qayd etib ötgan.