Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi qarori imzolandi. Hujjat matni ÖzAda keltirilgan.

Unda ona tabiatni seviş va ardoqlaş, hayot gultoji bölmiş insonni qadrlaş, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu ğoyalarni özida mujassam etgan Navröz xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayrami ekani, asrlar davomida el-yurtimizning olijanob orzu-intilişlarini ifoda etib kelayotgan Navröz mustaqillik yillarida yangiça ma'no-mazmunga ega bölib, tom ma'noda umumxalq bayramiga aylangani qayd etilgan.

Navröz bayramini yuksak saviyada nişonlaş maqsadida qator çora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, 2018 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi tasdiqlandi. Taşkiliy qömita Navröz bayramini Toşkent şahrida, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barça şahar, tuman, qişloq va ovullarda umumxalq sayillari şaklida yuqori darajada ötkazişga qaratilgan, «Aziz vatandoşlar, har kuningiz Navröz bölsin!» degan ğoyani özida mujassam etgan taşkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy hamda tarğibot-taşviqot işlari dasturini ön kun muddatda işlab çiqişi va amalga oşirişi belgilandi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida ötkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlaşga ommaviy tomoşalar böyiça yuksak mahorat va tajribaga ega bölgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvçi va şoirlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste'dodli yoş ijroçilar, folklor san'ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etiladi.

Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklariga Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça hokimlar rahbarligida hududiy komissiyalar tuziş; bayram sayillarini barça şahar, tuman, qişloq va ovullarda bosqiçma-bosqiç ravişda yuqori saviyada, ob-havo şaroitini hisobga olgan holda taşkil etiş yuzasidan tadbirlar rejasini işlab çiqiş va amalga oşirişni ta'minlaş; mart aprel oylarida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş oyligini taşkil etiş hamda bu boradagi işlar eng yaxşi yölga qöyilgan tuman, qişloq va mahallalar tajribasini ommalaştiriş; Mehribonlik, Saxovat, Muruvvat uylari, kam ta'minlangan oilalar va nogiron şaxslarga moddiy yordam körsatiş işlarini taşkil etiş vazifalari yuklandi.

Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Jahon» axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni atrofliça yoritib boriş tavsiya etildi.