Somali poytaxti Mogadişo şahrida yuz bergan teraktlar tufayli kamida 38 kişi halok böldi, deb xabar qilmoqda TRT World.
Xabar qilinişiça, teraktlar prezident qarorgohidan unça uzoq bölmagan yerda yuz bergan. Ikkita avtomobil portlatilgan, şundan söng terrorçilar huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari bilan otişmani yuzaga keltirgan.
Teraktlar uçun mas'uliyatni «Aş-Şabob» terrorçilik guruhi öz zimmasiga oldi.
Avvalroq Somali poytaxti Mogadişoda 23 fevral keçki payt sodir bölgan ikkita portlaş oqibatida 18 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi.












