25 fevral kuni Toşkentdagi Qurolli Kuçlar davlat muzeyida nafaqadagi general-mayor Ismail Ergaşeviç Ergaşev bilan vidolaşuv marosimi bölib ötdi.

I. Ergaşev 24 fevral kuni 73 yoşida vafot etdi. Motam marosimida keng jamoatçilik, vazirlik va idoralar vakillari, harbiy xizmatçilar, Qurolli Kuçlar faxriylari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a'zolari iştirok etişdi.

«I. Ergaşev 1945 yil 5 avgustda Samarqand viloyatining Çelak tumanida tuğilgan. Öz hayotini Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlar taşkil etilişi va rivojlantirilişi, xalqimizning tinç va osoyişta hayotini himoya qiliş va mudofaa qobiliyatini yuksaltirişga bağişlagan general-mayor I. Ergaşev 1992-94 yillarda Mudofaa vazirligi artilleriya boşqarmasi boşliği, 1994-97 yillarda Mudofaa vazirligi artilleriya boşqarmasi boşliği – Artilleriya qömondoni, 1997-99 yillarda Mudofaa vazirining front orti ta'minoti va kapital quriliş böyiça örinbosari, 1998-2000 yillarda Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik böyiça örinbosari, 2000-2004 yillarda Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni, 2004-2005 yillarda Mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar Birlaşgan ştab boşliği lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Uning el-yurt tinçligi yölidagi fidokorona xizmatlari munosib e'tirof etilgan. General-mayor I. Ergaşev mamlakatimizning bir qança davlat mukofotlari, şu jumladan I va II darajali «Şon-şaraf» hamda «Jaloliddin Manguberdi» ordenlari bilan taqdirlangan.

Mudofaa vazirligi rahbariyati Qurolli Kuçlarimizning hurmatli faxriysi vafot etgani munosabati bilan uning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.

Xalqimizning sodiq farzandi, fidoyi insoni, yoşlarning mehribon ustozi general-mayor I. Ergaşev xotiramizda mangu qoladi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Marhum özi tuğilib ösgan Samarqand viloyati Çelak tumanida joylaşgan qabristonga dafn etiladi