Tayvanlik olimlar dunyo böylab keng tarqalgan 5 ta oğriqni qoldiruvçi dorining ehtimoliy xavflarini aniqlaşdi. Ilmiy iş natijalari British Journal of Clinical Pharmacology naşrida çop etildi.
Mutaxassislarning aniqlaşiça, ibuprofen, diklofenak, tselekoksib, mefenamik kislota va naproksen yurak xuruji va insultga olib kelişi mumkin ekan. Olimlar öz tadqiqotlarida qon bosimi yuqori bölgan 56 ming katta yoşli odamdan olingan ma'lumotlarga asoslanişgan.
Aniqlanişiça, ibuprofen qabul qilgan 330 kişidan birida 4 hafta içida yurak xuruji yoki insult yuz bergan. Öz navbatida, tselekoksib yanada xavfliroq bölib çiqib, 105 kişidan birida bunday asoratga olib kelgan.
Diklofenak qabul qilgan 245 kişidan bir kişida va naproksen qabul qilgan 214 kişidan birida yuqoridagi asoratlar kuzatilgan.
Bu dorilar içida nisbatan eng xavfsizi mefenamik kislota bölib çiqqan, bu dorini qabul qilgan 394 kişidan birida yurak xuruji yoki insult qayd qilingan.
Avvalroq ibuprofen qabul qilinişi oqibatida erkaklarda bepuştlik yuzaga kelişi mumkinligi ma'lum qilingan.












