25 fevral kuni uç kun davomida Buxoro şahridagi Olimpiya zaxiralari kollejida ötgan kuraş böyiça Özbekiston çempionati yakuniga yetdi. Bu haqda «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Musobaqalarning söngi kunida oğir vaznli polvonlar gilamga çiqdi.

Özbekiston çempionatining uçinçi kungi bahslari muxlislar bilan gavjum böldi. Boisi, oğir vazndagi polvonlarning olişuvlari har doim ham tomoşabinlarning e'tiborida bölib kelgan. 

Özbekiston çempionatining yakunlovçi kunida erkaklar va 100 kg va undan oğir, ayollar ham 87 kg va undan oğir vaznlarda gilamga çiqişdi.

Ayollar örtasidagi birinçi oğir vaznda Xorazm viloyati vakillari raqiblariga nisbatan kuçliroq çiqişdi va Rahima Yöldoşeva oltin, Nodira Jumaniyozova kumuş medalni qölga kiritdi. Qoraqalpoğistonlik Nursuluv Jumamurodova va navoiylik Gullola Norqulova sovrindorlar qatoridan joy egalladi.

Öta oğir vazn toifasida ham finalda surxondaryolik polvon qizlar özaro bahs olib borişdi. Unda Rinata Ilmatova Sohibjamol Xoliqulovani halol bahosi bilan yengib çempion böldi. Beğam Boimova hamda Sojida Savriyeva şohsupaning uçinçi poğonasidan joy olişdi.

Erkaklar örtasida 100 kg oğirlikdagi polvonlar bahsi ehtiroslarga boyligi bilan ajralib turdi. Ba'zan, kuraşçilarning harakatlarini baholaşda hakamlar hay'ati yordamga keldi.

Yakun esa yanada qiziq kuzatildi. Finalgaça barça raqiblarini mağlub etib kelgan qaşqadaryolik aka-uka Şerali va Ilhom Jörayev oltin medal uçun bahs ötkazişmadi. Şerali yengilganini gilamda oldindan tan olib qölini kötardi va Ilhom Jörayev çempion böldi. Samarqandlik polvonlar Dilşod Samadov va Parviz Halimov bronza medallariga loyiq körildi.

Nihoyat, öta oğir vazndagi final uçraşuvi. Sport majmuasiga sukunat çökdi. Jahon va Osiyo çempioni, Osiyo öyinlari ğolibi, surxondaryolik Muhsin Hisomiddinov va toşkentlik Bekmurod Oltiboyev jismoniy jihatdan bir-biridan qolişmasligini gilamda namoyiş etişdi. Biroq, yoşlik şijoati va iştiyoq kuçli kelib Oltiboyev yengilmas çempionni mağlub etgan holda Özbekiston çempionatining oltin medalini qölga kiritdi.