Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9-10 mart kunlari Tojikistonga taşrifini amalga oşiradi.
«Aziya-Plyus» agentligi ma'lumotiga köra, Şavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida Duşanbega böladigan ilk taşrifi vaqtida unga Tojikiston milliy universiteti fan doktori faxriy unvoni beriladi. Prezident universitet professor-öqituvçilari hamda talabalar bilan uçraşadi.
Bungaça uşbu universitet fan doktori faxriy unvoni Afğonistonning sobiq prezidenti Burhoniddin Rabboniy, şuningdek, Qozoğiston hamda Ozarboyjonning amaldagi prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Ilhom Aliyevga ham berilgan.
Özbekiston prezidentining qöşni davlatga taşrifi oldidan, 24 fevral kuni Farğonada Özbekiston — Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov hamda Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda iştirok etdi.
Mazkur komissiyaning majlisi amaliy ruhda bölib ötdi. Unda köplab masalalar muhokama qilindi. Özbekiston — Tojikiston davlat çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça Özbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari işçi guruhlari tomonidan bir qator hujjatlar tayyorlandi. Uçraşuv yakunlari böyiça qöşma bayonnoma imzolandi.
Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon uçraşuvidan eng köp kutilayotgan voqea Özbekiston va Tojikiston örtasida viza rejimi bekor qilinişidir.
2017 yilning noyabrida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripovning Duşanbega taşrifi davomida Özbekiston va Tojikiston davlat çegaralari bilan boğliq köplab masalalar böyiça, xususan, viza rejimini bekor qiliş böyiça kelişib olingandi.
Ötgan haftada Özbekiston hukumati Tojikiston bilan çegara böylab joylaşgan 9ta nazorat-ötkaziş punkti işini tiklaş haqidagi qarorni tasdiqladi. Şundan bittasi temir yölda, 8tasi avtomobil yölida.
Endilikda, Samarqand viloyatidagi «Jartepa», Jizzax viloyatidagi «Kuşkent» va «Uçqörğon», Sirdaryo viloyatidagi «Xovosobod», Toşkent viloyatidagi «Bekobod», Namangan viloyatidagi «Pop», Farğona viloyatidagi «Ravot», Surxondaryo viloyatidagi «Gulbahor» (temir yöl) nazorat-ötkaziş punktlari, şuningdek, Samarqand viloyati Urgut tumani hududidagi çegara posti oçilişi kutilmoqda.
Keyingi 8 yilda ikki qöşni davlat örtasida faqat ikkita nazorat-ötkaziş punkti faoliyat olib bordi - «Tursunzoda-Sariosiyo» va «Fotihobod-Oybek». Holbuki, çegara böylab jamia 16ta nazorat-ötkaziş punkti mavjud.
1991 yilda mustaqillikka erişgan bu ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar 1992 yilda Tojikistonda fuqarolik uruşi boşlangaç yomonlaşgandi. 1992 yili ikki mamlakat örtasida aviaqatnovlar bekor qilingan, 2001 yili özaro viza rejimi joriy etilgandi. Şuningdek, Tojikistonga tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beriş töxtatilgandi.
Ikki mamlakat örtasida tovar ayirboşlaş hajmi 2015 yilga kelib 142 baravar kamayib ketdi, keyingi bir yilda esa keskin ösiş kuzatildi - 4 oyda 50 million dollar.
2015 yildan esa ikki mamlakat munosabatlarida iliqlaşiş boşlandi, tomonlar aviaqatnovlarni tiklaş böyiça harakatlarga kirişdi, keyinroq, 20 yil içida ilk marta madaniyati kunlari, körgazmalar ötkazildi, iqtisodiy aloqalar yölga qöyilib, siyosiy ziddiyatlarda yon berişlar kuzatildi.
Özbekistonning yangi prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşqi siyosatdagi birinçi galdagi vazifa sifatida qöşni mamlakatlar bilan döstona aloqalar örnatişni belgilab oldi.












