Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri ishtirokidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Farg‘onada O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston — Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zA xabariga ko‘ra, majlisda ikki mamlakatning hukumat a'zolari, tegishli vazirlik, qo‘mita rahbarlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yangi bosqichga chiqayotganini alohida ta'kidladi.
«Bugungi kunda tovar almashish hajmi o‘smoqda, iqtisodiyotning turli sohalaridagi hamkorlik miqyosi kengaymoqda. Ikki mamlakatning yetakchi korxona va ishbilarmon doiralari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga xizmat qilgan sanoat ko‘rgazmalari va biznes forumlar o‘tkazildi va bu ishlar davom etmoqda. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan madaniy-gumanitar sohada ham hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Mazkur komissiyaning majlisi amaliy ruhda bo‘lib o‘tdi. Unda ko‘plab masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston — Tojikiston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari tomonidan bir qator hujjatlar tayyorlandi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026