Şimoliy Koreya öz sportçilarining 2018 yilgi Paralimpiadada iştirok etişi böyiça ötadigan muzokaralar iştirokçilarining röyxatini musobaqalarning taşkiliy qömitasiga taqdim qildi. Bu haqda 26 fevralda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.
Şimoliy Koreyadan muzokaralarda iştirok etuvçi delegatsiya tarkibiga Koreyalararo aloqalar davlat agentligi vakili Xvan Çun Son, Koreyaning nogironlarni himoya qiliş federatsiyasi markaziy qömitasi raisi örinbosari Çon Xyon va nogiron sportçilar taşkiloti vakili Yun Çol kirgan. Janubiy Koreya delegatsiyasiga birlaşuv vazirligining Koreyalararo almaşuv departamenti direktori Li Çje Te boşçilik qiladi.
Uçraşuv 27 fevralda qurolsizlaştirilgan hududda bölib ötadi va unda şimoliy koreyalik sportçilarning Paralimpiadada iştirok etişi böyiça amaliy masalalar muhokama qilinadi. Ikki davlat mutaxassislari tomonidan işlab çiqiladigan takliflar Xalqaro Paralimpiya qömitasiga körib çiqiş uçun taqdim qilinadi.












