Qozoğistonning Aqmöla viloyatida joylaşgan Qörğaljin qişloq okrugi akimi (hokimi) Janat Umarov 8-sinf öquvçisini kaltaklagani sababli egallab turgan lavozimidan böşatilgan.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda viloyat akimi maslahatçisi Marat Iğali ma'lum qilgan.
Kökşetauda axloq-odob böyiça kengaş yiğilişi bölib ötgan va unda maktab öquvçisi Mukan Diasni kaltaklaş aybi qöyilayotgan amaldorga intizomiy jazo beriş körib çiqilgan.
Kengaş iştirokçilari uşbu işning barça hujjatlari bilan tanişib çiqib, Janat Umarovni egallab turgan lavozimidan böşatişni tavsiya qilişgan.
Qörğaljin tumani akimi körsatmaga amal qilib, Umarovni lavozimidan böşatib yuborgan. Umarov bu lavozimni bor-yöği yarim yilgina avval egallagan.
Öquvçining kaltaklanişiga bolalarning oddiy muştlaşuvi sabab bölgan. Mukan ukasining yonini olib, ukasiga “kun bermagan” Umarovning öğli Nurislom bilan urişib ketgan. Öquvçilar ajratib qöyilgan. Biroq şu bilan janjal yakunlanmagan.
Mukan maktabdagi xonalardan birida ötirganda darğazab akim maktabga kelib, Mukanni urmoqçi bölgan. Mukan qoçişga uringan, biroq yiqilib tuşgan. Mukanning aytişiça, akim sinfxonaga kirib uni urgan.












