Maktabgaça ta'lim vaziri rahbarligida Toşkent şahar  va Toşkent viloyati maktabgaça ta'lim boşqarmasi va tuman bölimlari xodimlari iştirokida yiğiliş ötkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Yiğilişda Maktabgaça ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlantirişni yölga qöyiş, tuman maktabgaça ta'lim bölimlari faoliyatini taşkil etiş hamda tizimda kadrlarga oid hujjatlarni rasmiylaştiriş va hisobini yuritiş ahvoli atrofliça muhokama etildi.

Foto: Maktabgaça ta'lim vaziriligi axborot xizmati

Ta'kidlandiki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining   2017 yil 9 sentabrdagi “Maktabgaça ta'lim tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorning 3-bandiga köra Toşkent şahrida joylaşgan davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga tadbirkorlik sub'yektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib beriş böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuziş işlarini eksperiment tarzida amalga oşiriş belgilangan. Bu borada faqatgina Sergeli tumanidagi 18-maktabgaça ta'lim muassasasida tarbiyalanuvçilarni ovqatlantiriş böyiça  eksperiment ötkaziş işlari boşlanganligi körsatib ötildi. Ammo, Toşkent şahrining boşqa tumanlarida bu boradagi işlarda sustkaşlikka yöl qöyilayotganligi tanqid ostiga olinib, mutasaddilarga qisqa muddatda kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan körsatma va tavsiyalar berildi.

Foto: Maktabgaça ta'lim vaziriligi axborot xizmati

2018 yilning 13-14 mart kunlari Toşkent şahrida “Özekspomarkaz”da Maktabgaça ta'lim tizimida oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni yetkazib beriş böyiça  töğridan-töğri şartnomalar tuzişni taşkil etiş yuzasidan tegişli hamkor taşkilotlar bilan körgazmani yuqori saviyada taşkil etiş yuzasidan  ham vazifalar belgilandi. 

Foto: Maktabgaça ta'lim vaziriligi axborot xizmati

Yiğilişda şuningdek, maktabgaça ta'lim bölimlari faoliyatini taşkil etiş va kadrlarga oid hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda hisobini yuritiş yuzasidan ötkazilgan örganişlar ahvoli tahlil etildi. Jumladan, bu borada Olmazor va Şayxontoxur tuman maktabgaça ta'lim bölimlarida jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilganligi körsatib ötildi hamda tizimida bu kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.

Foto: Maktabgaça ta'lim vaziriligi axborot xizmati

Tadbirda  Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi “Maktabgaça ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillaştiriş töğrisida”gi qaror ijrosiga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, ayrim maktabgaça ta'lim muassasalarida hali-hanuz tuman maktabgaça ta'lim bölimi yöllanmasisiz bolalarni qabul qiliş va saqlaş holatlari mavjudligi, bolalar ta'minoti uçun tölanadigan tuşumlar MTM hisob raqamiga kirim qilinmayotganligi hamda hisobsiz tarbiyalanuvçilar boşqa bolalar hisobidan ovqatlanayotganligi qattiq tanqid ostiga olinib, bu borada prokuratura organlari bilan hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan  çora-tadbirlar belgilandi.

Yiğilişda körib çiqilgan barça masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.