«Toşkent şahrida Maktabgaça ta’limni rivojlantiriş mintaqaviy markazini taşkil etiş töğrisida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Toşkent şahridagi Maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş institutit huzurida Maktabgaça ta’limni rivojlantiriş mintaqaviy markazi (Markaz) taşkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • maktabgaça ta’lim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;
  • YuNESKOga a’zo mamlakatlarning maktabgaça ta’lim dasturlari va usullari bilan boğliq qöşma tadqiqotlar ötkaziş;
  • bolalarni erta rivojlantirişga qaratilgan ta’lim dasturlarini işlab çiqiş va joriy etişda iştirok etiş;
  • 2030-yilgaça maktabgaça ta’lim sohasidagi Toşkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oşiriş va davriy hisobotlar tayyorlaş;
  • maktabgaça ta’lim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlaşda yangi yondaşuvlarni joriy etiş böyiça takliflar işlab çiqiş, şuningdek, xalqaro trening, seminar va konferensiyalarni taşkil etiş.