Maktabgaça ta’lim taşkilotlarini 2026-2027 öquv yiliga puxta tayyorlaş, ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş hamda bolalarning har tomonlama rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş böyiça asosiy vazifalar belgilandi.

Yangi öquv yilida «Ilk qadam» milliy öquv dasturining uçinçi naşri ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etiladi. Şu bilan birga, «Bola, öyin va pedagog» loyihasi asosida öyinga asoslangan ta’limni bosqiçma-bosqiç yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Bolalarning bilim va könikmalarini rivojlantirişda «Quvnoq matematika» hamda «Bilağon bolajon» öquv-metodik majmualaridan samarali foydalaniş ham ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.

Şuningdek, maktabgaça yoşdagi bolalarda ekologik madaniyat va soğlom turmuş tarzini şakllantirişga e’tibor kuçaytiriladi. Boğçalarda bolalar uçun xavfsiz va ularning rivojlanişiga xizmat qiluvçi ta’lim muhitini yaratiş közda tutilgan.

Yangi öquv yilida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantiriş ham muhim yönalişlardan biri böladi. Xususan, tarbiyaçi va pedagoglarning zamonaviy ta’lim texnologiyalari, sun’iy intellekt hamda raqamli resurslardan foydalaniş böyiça könikmalarini takomillaştiriş rejalaştirilgan.

Belgilangan çora-tadbirlar maktabgaça ta’lim taşkilotlarida ta’lim-tarbiya sifatini oşiriş, zamonaviy yondaşuvlarni kengroq tatbiq etiş va bolalarning har tomonlama rivojlanişi uçun qulay şaroit yaratişga qaratilgan.