2018 yilning fevral oyida iste'mol bozorida tovar va xizmatlar örtaça 1,1%ga oşdi, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,1%ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,3%ga va xizmatlar 0,7%ga qimmatlaşgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi ma'lumotlarida aytiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida örtaça 1,1%ga qimmatlaşdi, bu esa INIning umumiy ösişiga 0,49 f.d.da ta'sir körsatdi.

Fevral oyida tuxum örtaça 10,5%ga, şakar 3,0%ga, tovuq göşti 1,3%ga, qattiq pişloq va qandolat mahsulotlari 0,1%ga arzonlaşdi.

Kuzatuvdagi meva mahsulotlaridan köproq ösiş olmalarda 6,1%, şuningdek quritilgan mevalarda 4,8%. Qovoq bir oyda 10,0%ga qimmatlaşdi. Sabzavotlardan pomidor 14,0%ga, bodring 11,7%ga ösdi. Ayni paytda, sabzavotlar narxlarining umumiy oşişida kartoşka va piyoz narxlarining pasayişi kuzatildi (mos ravişda 2,7% va 2,3%).

Joriy yilning fevral oyida mol göştining (suyaksizdan taşqari) örtaça 1 kg. uçun maksimal narxi 36967 sömni (Toşkent ş.), minimal narxi 29725 sömni (Qoraqalpoğiston Respublikasi) taşkil etdi. Suyaksiz mol göştining örtaça 1 kg. uçun maksimal narxi 44868 sömni (Toşkent ş.), minimal 39000 sömga (Qoraqalpoğiston Respublikasi) teng böldi.

Viloyatlar orasida 1 kg. kartoşkaning maksimal va minimal örtaça narxlari örtasidagi farq 1,2 barobarni (Qoraqalpoğiston Respublikasi 3843 söm, Jizzax viloyatida esa 3272 söm) taşkil etdi.

Önta tuxumning maksimal örtaça narxi 6655 söm (Sirdaryo viloyati), minimal örtaça narxi 5500 sömga (Andijon viloyati) töğri keldi.

Örtaça narxlar dinamikasining xususiyati 2017 yil yanvaridan to joriy yilning fevraliga qadar bölgan davrdagi mahsulotlarning turiga boğliqdir. Misol uçun, mol göşti narxlarining özgarişini barqaror ösiş tendensiyasi bilan xarakterlanadi (2016 yil dekabriga nisbatan 1,4 barobar).

Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oyda 1,3%ga kötarilib, umumiy INIning ösişiga 0,45 f.d.da öz ta'sirini ötkazdi.

Quriliş materiallari böyiça sezilarli darajada ğiştning narxi 29,3%ga, sement 8,4%ga, şifer 5,9%ga, yoğoç mahsulotlari 3,3%ga qimmatladi.

Nooziq-ovqat tovarlarning boşqa guruhlar narxlari ösişi 0,4%dan oşmadi, bu esa INIning ösişi uçun sezilarli darajada ta'sir körsatmadi.

Aholi uçun xizmatlar oyda örtaça 0,7%ga kötarildi. Bu esa INI umumiy ösişiga 0,16 f.d.da ta'sir etdi.

Kuzatiladigan aloqa xizmatidan «Özbektelekom» AJ tomonidan aholiga körsatilayotgan aloqa xizmatlari tariflari kötarildi. Xususan, mahalliy telefon aloqasi uçun abonent tölovi örtaça 27,7%ga, şaharlararo va xalqaro sözlaşuvlar örtaça 67,1%ga oşirildi.

Yölovçi taşiş xizmatlarining oşişi, asosan kuzatilayotgan yönalişlar böyiça şaharlararo yönalişda qatnaydigan poyezdlarda çipta narxining örtaça 31,9%ga hamda havo transporti xizmatlari örtaça 2,8%ga kötarilişi bilan boğliq.