2026-yil sentabr oyi yakunlari böyiça Özbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya ötgan oyga nisbatan biroz pasayib, 9,2 foizni taşkil etdi. Bu haqda sörovlar natijalariga tayanib Markaziy bank xabar bermoqda.

Inflyatsiya hammadan köproq pensionerlarga sezilgan: ularning nazdida oxirgi 12 oyda narx-navolar 12,5 foizga oşgan. Umumiy ovqatlaniş sohasida işlovçilar esa nisbatan past inflyatsiyani sezgan: 8,2 foiz.

Hududlar kesimida: yuqori sezilgan inflyatsiya darajasi Toşkent şahrida (11,9%), nisbatan past sezilgan inflyatsiya Namangan viloyatida (7,9%) qayd etildi.

Aholi tomonidan narxi yuqori oşgani qayd etilgan tovar va xizmatlar orasida göşt va sut mahsulotlari (söralganlarning 56 foizi narx oşişi qayd etgan), benzin va yoqilği (53%), elektr va tabiiy gaz (36%), yölkira va taşiş xizmatlari (24%) hamda umumiy ovqatlaniş xizmatlari (22%) yetakçi omillar bölib qolmoqda.

Maʼlumot uçun, Milliy statistika qömitasi sentabr oyi yakunlari böyiça yillik inflyatsiyani 6,4 foiz deb baholagan.

Inflyatsion kutilmalar

Markaziy bank 2026-yilning sentabr oyi uçun ötkazgan sörov natijalariga köra, aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari ötgan oyga nisbatan pasayib, 8,7 foizni taşkil etdi.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari ham biroz pasayib, 9,2 foizga teng böldi.

Eng yuqori kutilmalar pensionerlarda (12,4%) kuzatilgan bölsa, nisbatan past kutilmalar savdo sohasi vakillari (7,8%) tomonidan qayd etildi.

Tadbirkorlik subyektlari böyiça esa, yuqori kutilmalar taşiş xizmati sohasi vakillari (10,7%) tomonidan qayd etilgan bölsa, nisbatan past kutilmalar turizm sohasida (7,5%) kuzatildi.

Hududlar kesimida: aholining yuqori kutilmalari Toşkent şahrida (11,6%), nisbatan past kutilmalar Xorazm viloyatida (6,8%) qayd etildi. Tadbirkorlik subektlari böyiça yuqori kutilmalar Samarqand viloyatida (10,2%), nisbatan past kutilmalar esa Qaşqadaryo viloyatida (7,5%) kuzatildi.

Daromadi 10 mln sömdan yuqori bölgan aholi vakillarining kutilmalari nisbatan yuqori şakllangan.