Namanganda Tojikistonning Söğd viloyati, Aşt tumani bilan çegaradagi «Pop» ötkaziş punkti işi tiklandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Mazkur maskanning oçiliş marosimi köhna döstlikning namoyişiga aylandi. Unga taşrif buyurgan tojikistonlik mehmonlar, namanganlik tojik millatiga mansub vatandoşlarimiz, ikki mamlakatning jamoatçilik vakillari va yoşlari karnay-surnay sadolari ostida bir-birlariga quçoq oçdilar.

Tantanada Namangan viloyati hokimining birinçi örinbosari Alişer Fayzullayev, Pop tumani hokimi A'zamjon Sultonov, Söğd viloyati raisining örinbosari Anvar Yoqubiy, Aşt tumani raisi Mirdado Zarif Mirmuhammadiy va boşqalar azaldan qon-qardoşlik riştalari bilan çambarças boğlanib ketgan özbek va tojik xalqi örtasidagi döstlik va hamkorlik munosabatlari Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning sa'y-harakatlari bilan yangiça asoslarda mustahkamlanayotgani, «Pop» nazorat ötkaziş punkti faoliyatining qayta tiklanişi yaqin qöşniçilik munosabatlarini yuksaltirişda xayrli va muhim yana bir qadam ekanini alohida ta'kidladi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi
Foto: Namangan viloyat hokimligi
Foto: Namangan viloyat hokimligi
Foto: Namangan viloyat hokimligi