Birmingemda yengil atletika böyiça yopiq inşootlarda ötayotgan jahon çempionatida uşbu sport tarixida misli körilmagan holat yuz berdi. Gap şundaki, 400 metrga yuguriş böyiça 3-saralaş bahsida iştirok etgan barça sportçilar diskvalifikatsiya qilindilar.
Uşbu bahsda 5 sportçi iştirok etgan. Dastlab falstart uçun 2017 yilgi jahon çempionatining bronza medali sohibi qatarlik Abdulloh Xarun çetlatilgan.
Söngra qolgan 4 iştirokçi: yamaykalik Stiven Geyl, latviyalik Austris Karpinskis, Bagam orollaridan Alonso Rassel va Grenadadan Bralon Taplin qayta startga çiqib, masofani yugurib ötişgan. Biroq hakamlar sprinterlarning barçasini çetlatiş haqida qaror çiqargan: ular masofani ötiş vaqtida öz polosalaridan taşqariga çiqib ketganlar.
Qatar’s Haroun disqualified in 400m at Indoor Worlds#IAAF #Birmingham #Disqualified #Qatar #Haroun #Taplin #UK #Athletics @IAAFWorldChamps @qatar_olympic @qatarathletics https://t.co/KQ3m8QmKm7 pic.twitter.com/SIjJcnOz60
— Doha Stadium Plus (@Dohastadiumplus) March 2, 2018
Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyuşmasi matbuot xizmati uşbu holatni bunday darajadagi musobaqalar uçun misli körilmagan deb atagan.








