1 mart kuni futbol böyiça Özbekiston Superligasi bellaşuvlari rasman start oldi. Tur doirasida 6 uçraşuv ötkazilib, 3 öyinda durang natija qayd etildi.
Mavsumning birinçi öyinida mamlakatning amaldagi çempioni «Lokomotiv» Navoiyda «Qizilqum» mehmoni bölib, 3:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi. Ötgan mavsum töpurari Marat Bikmayev mavsumning ilk goliga mualliflik qildi. Uşbu yirik ğalaba evaziga «temiryölçilar» ilk turdanoq turnir jadvalida peşqadamlik qila boşladi.
Kunning ikkinçi öyini Farğonada ötib, «Neftçi» Qarşining «Nasaf» klubini qabul qildi. ÖFA vitse-prezidenti köz öngida töp surgan jamoalar golsiz durangga imzo çekişdi. Uçraşuvdan keyin mehmonlar jamoasi boş murabbiyi Röziqul Berdiyev natijadan qoniqiş hosil qilmagani haqida aytib ötdi.
2 mart kuniga ikki öyin belgilangandi, «Paxtakor» va «Söğdiyona» uçraşuvi öz vaqtida ötkazildi, «Metallurg» va «Navbahor» uçraşuvi bekobodliklar iltimosiga köra (maydon tayyor bölmagan) 4 martga köçirildi.
Jizzaxning «Söğdiyona» klubini qabul qilgan «Paxtakor» 2:0 hisobida ustun keldi. Ikkinçi bölim boşida Şerzod A'zamov hisobni oçdi, uçraşuv yakuni arafasida portugaliyalik hujumçi Ismoil Gonsalveş penaltini aniq amalga oşirdi.
«Söğdiyona»ga qarşi öyin vaqtida «Paxtakor» stadioni projyektorlaridan biri öçib qoldi va bu katta şov-şuv keltirib çiqardi.
3 mart kuni esa «Bunyodkor» Olmaliqning «OGMK» klubini qabul qilib, öyin oxirida urilgan gol evaziga mağlubiyatdan qutilib qoldi - 1:1.
«Buxoro» mavsumni ğalaba bilan boşladi. «Qöqon-1912» klubini qabul qilgan buxoroliklar 1 gol evaziga 3 oçkoga ega bölişdi.
Özbekiston Superligasining 1-turidan örin olgan sönggi uçraşuvda, 2 kunga keçiktirilgan «Metallurg» «Navbahor» uçraşuvida ham kuçlar teng keldi - 0:0.
Özbekiston Superligasi
1-tur
«Qizilqum» — «Lokomotiv» 0:3
Gollar: Marat Bikmayev, 33 (0:1). Ikrom Aliboyev, 57 (0:2). Sardor Mirzayev, 90 (0:3).
«Neftçi» — «Nasaf» 0:0
«Paxtakor» — «Söğdiyona» 2:0
Gollar: Şerzod A'zamov, 49 (1:0). Ismoil Gonsalveş, 82-pen (2:0).
«Bunyodkor» — OGMK 1:1
Gollar: Yovan Jokiç, 39-pen (0:1). Davron Umirov, 88 (1:1).
«Buxoro» — «Qöqon-1912» 1:0
Gol: Artyom Filiposyan, 77 (1:0).
«Metallurg» – «Navbahor» 0:0
Turnir jadvali













