Tojikistonlik tadbirkor Baxtiyor Dodoxonov öz turmuş örtoği va ikki nafar yoş farzandi bilan Saudiya Arabistonining Madina şahridagi mehmonxonlardan birida ölik holda topildi. Tadbirkor «Şarqi Ozod» naşriyoti sobiq direktori Manzurxon Dodoxonovning öğli sanaladi, deb xabar bermoqda «Aziya Plyus».

33 yoşli Baxtiyor Dodoxonov, uning rafiqasi va 10 hamda 12 yoşda bölgan ikki nafar öğli vafot etgani haqidagi xabar tadbirkorning qarindoşlari tomonidan tasdiqlangan.

Xabar berilişiça, oila Madinaga Umra safariga jönab ketgan bölgan. Ular ikki kun muqaddam mehmonxonalardan birida ölik holda topilgan.

Ba'zi taxminlarga köra, ular zaharlangan. Tojikiston va Saudiya Arabistoni rasmiy organlari uşbu holat böyiça hozirça izoh bermadi.