“Özbekiston temir yöllari” AJ va “Özbekiston havo yöllari” MAK 2018 yil 1 apreldan vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublikadan taşqariga çiqayotgan fuqarolarga platskart va umumiy vagonlarga temir yöl çiptalari hamda iqtisodiy (ekonom) klass aviaçiptalar narxlariga 20 foizgaça çegirma taqdim etadi. Vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublikadan taşqariga çiqayotgan har bir fuqaroga temir yöl va aviaçipta xarid qiliş xarajatlarini qisman qoplaş uçun 300 ming söm miqdorda beğaraz tölov bir yilda bir marta amalga oşiriladi.
Çet elga vaqtinça işlaş uçun çiqayotgan fuqarolar bilan iş olib boriş böyiça sektor vakillari uyma-uy yuriş asosida xorijga çiqişni rejalaştirayotgan fuqarolarni aniqlaydi va ularga imtiyozli çiptalarni sotib oliş hamda xavfsiz çiqiş masalalarini tuşuntiradi.
Ehtimoliy mehnat migrantlari elektron ma'lumotlar bazasida röyxatdan ötiş uçun Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga (imtiyozlarni çiptani sotib olişning majburiy şarti) yuboriladi. Zarur bölganda, sektorlar va agentliklar imtiyozli çiptalar oliş uçun jamoaviy ariza beriş uçun guruhlarni taşkil etadilar.
Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga ariza topşirilgan kundan boşlab, fuqaro ehtimoliy iş joyi, yönaliş va jönab ketiş sanasini körsatib, ma'lumotlar bazasida röyxatga olinadi.
Agentlik öşa kuni valyuta hisob raqamini oçiş va mehnat migrantlari uçun maxsus Visa kartasini beriş uçun fuqaro haqidagi ma'lumotni «Aloqabank» bankiga, şuningdek, agentlik huzuridagi temir yöl va aviaçiptalarni bronlaş hamda sotiş böyiça ixtisoslaşgan kassaga yuboradi.
Kassa bir iş kuni mobaynida «Özbekiston temir yöllari» yoki «Özbekiston havo yöllari»ga çiptani bron qiliş uçun murojaat yuboradi. Taşuvçi bir iş kuni mobaynida çiptani bronlaşi kerak.
Bronlaş haqida ma'lumotni olgaç, kassa ikki iş kuni mobaynida fuqaroga çipta savdosi joyi va jönaş sanasini ma'lum qiladi.
Fuqaro maxsus kassaga murojaat qiladi, u öşa kuniyoq çiptani imtiyozli tarif (minus 20%) va 300 000 sömlik çegirma (bir yilda bir marta) orqali sotişi kerak.
«Aloqabank» mehnat migrantiga valyuta hisobini oçadi va bir iş kuni mobaynida Visa kartasini beradi. Kartada minimal komissiya va nol summalik suğurta depoziti mavjud.
Tasdiqlangan sxema böyiça jami çegirmali çipta beriş uçun yetti kundan ortiq vaqt talab qilinmaydi.
“Özbekiston temir yöllari” AJ çiptalariga çegirmalar platskart va umumiy vagonlarga, “Özbekiston havo yöllari”ga esa - iqtisodiy (ekonom) klassga taqdim etiladi.
Çipta sotib olayotganda hayot va soğliq suğurtasini rasmiylaştiriş uçun murojaat qiliş mumkin. Bundan taşqari, milliy taşuvçining çet elga vaqtinça işlaş uçun çiqadigan fuqarolarga javobgarlik suğurta mexanizmini joriy etiş rejalaştirilgan.
“Ipoteka bank” tomonidan vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublikadan taşqariga çiqayotgan fuqarolarga 1000 AQŞ dollari ekvivalentida kredit ajratiş ham nazarda tutilgan.












