Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga transportda çiqiş vaqtida xavfsizligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. U vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş joyiga yetib borişda xavfsizlikni ta'minlaş uçun qulay şaroitlar yaratiş va yöl-transport halokatlarining oldini olişga qaratilgan, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilişiça, sönggi vaqtlarda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga çiqayotgan fuqarolar tomonidan yölovçilar uçun xavfsizlik va qulaylik talablariga javob bermaydigan işlab çiqilgan yili eskirgan avtotransport vositalarida yölovçi taşiş xizmatlaridan foydalanib kelinmoqda. Buning natijasida, qöşni mamlakatlar hududida fuqarolarimizni taşiyotgan yölovçi avtobuslar iştirokida ularning hayoti va soğligi uçun fojiali oqibatlarga olib keladigan yöl-transport halokatlari sodir bölmoqda.
Vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga çiqayotgan fuqarolar tomonidan avia, temir yöl va xavfsiz avtomobil transportidan yetarli darajada foydalanmaslikning asosiy sababi quyidagilar hisoblanadi:
temir yöl va aviaçiptalarning narxi avtomobil transporti xizmatlariga nisbatan qimmatliligi;
temir yöl va aviatsiya transportining quvvati va salohiyati kamligi vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga çiqayotgan fuqarolarning talabini töliq ta'minlamaydi;
respublikamizda xalqaro yölovçi taşiş reyslarini amalga oşiruvçi avtotransport yölovçi taşuvçilarning deyarli mavjud emasligi.
Şuni qayd etiş muhimki, vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublika taşqarisiga çiqayotgan fuqarolarga temir yöl va aviaçiptalar narxlariga çegirmalar taqdim etiş tizimi joriy etilmoqda:
birinçidan, “Özbekiston temir yöllari” AJ va Özbekiston havo yöllari” MAK 2018 yil 1 apreldan vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublikadan taşqariga çiqayotgan fuqarolarga platskart va umumiy vagonlarga temir yöl çiptalari hamda iqtisodiy (ekonom) klass aviaçiptalar narxlariga 20 foizgaça çegirma taqdim etadi;
ikkinçidan, vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun respublikadan taşqariga çiqayotgan har bir fuqaroga temir yöl va aviaçipta xarid qiliş xarajatlarini qisman qoplaş uçun 300 ming söm miqdorda beğaraz tölov bir yilda bir marta amalga oşiriladi. AT “Aloqabank”ning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini oşiriş maqsadida Davlat byudjyeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş jamğarmasidan 100 milliard söm AT “Aloqabank” ustav kapitaliga kiritiladi.

















