Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: AQSh Ukrainadagi voqealar paytida Rossiyani surbetlarcha aldagan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladimir Solovyovning «Jahon tartibi 2018» filmi uchun intervyusida Qo‘shma Shtatlar Ukrainada to‘ntarish amalga oshirilishidan avval Rossiyani «qo‘pol va surbetlarcha» aldagani haqida aytib o‘tdi.
«Bizga amerikalik sheriklar murojaat qilishdi. Ular bizdan shuni so‘rashdiki, hozir bu iltimosni so‘zma-so‘z aytaman, biz Yanukovich muxolifat maydonlar, ma'muriy binolarni tark etishi va vaziyatni normallashtirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni bajarishga o‘tishi uchun armiyani jalb etmasligi borasida qo‘limizdan keladigan barcha ishni qilishimizni so‘rashdi», - deya Putinning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Prezidentning aytishicha, Rossiya rozi bo‘lgan, bir kun o‘tib esa Ukrainada davlat to‘ntarishi yuz berdi. Putinning ta'kidlashicha, Amerika hukumati vaziyat boshqacha kechishi haqida bironta ham so‘z aytmagan, hamda to‘ntarishni amalga oshirganlarni qo‘llab-quvvatlashdi.
Rossiya rahbarining qayd etishicha, Vashington bu to‘ntarishni deyarli o‘z qo‘li bilan amalga oshirgan va shuning uchun Kiyevdagi hukumatni qo‘llab-quvvatlashga majbur.
«Bunday qo‘pol va surbetlarcha bir gapni aytib, so‘ng aslida boshqacha yo‘ldan ketish birinchi marta ro‘y bergandi, bunday holat hattoki avval ham kuzatilmagan», - deya xulosa qildi Putin.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
22:03 / 26.06.2026