BEST - Burning Plasma Experimental Superconducting Tokamak - Xitoyning şarqidagi Anxoy provinsiyasi maʼmuriy markazi Xefey şahrida qurilayotgan eksperimental öta ötkazuvçan tokamakdir.

«Sunʼiy quyoş» deb taʼriflanayotgan loyiha boşqariladigan termoyadroviy sintezni örganişga qaratilgan. Uning maqsadi - Quyoş energiyasining asosini taşkil etuvçi yadro sintezi tamoyilidan Yerda energiya oliş uçun foydalaniş imkoniyatlarini sinaş.

Xabarda qurilma uçun möljallangan majmua rasman foydalanişga topşirilgani aytilgan. Biroq termoyadroviy qurilmaning özida asosiy tizimlarni montaj qiliş işlari davom etmoqda.

Asosiy qismlarni örnatiş boşlangan

Iyul oyidan quriliş maydoniga bir neçta muhim komponent yetkazib berilgan. Ularni örnatiş işlari bosqiçma-bosqiç olib borilmoqda.

Hozirda vakuum kamerasi, kriogen ekran, toroidal magnit tizimlari va boşqa yuqori aniqlikdagi içki qismlar montaj qilinmoqda. Şu tariqa, qurilmaning asosiy qismi qurilişning eng masʼuliyatli bosqiçiga kirgan.

Qurilma qanday işlaydi?

Vakuum kamerasi termoyadroviy sintez jarayoni keçadigan işçi muhit vazifasini bajaradi.

Kriogen ekran issiqlik uzatilişini çeklab, sovitiladigan qismlarni himoya qilişga xizmat qiladi.

Toroidal magnit tizimlari esa kuçli magnit maydoni hosil qiladi. Bu maydon yuqori haroratli plazmani uşlab turib, uning reaktor devorlariga tegişining oldini oladi.

2030-yil atrofida energiya olişni namoyiş etiş rejalaştirilgan

BEST qurilişini 2027-yilgaça tugallaş rejalaştirilmoqda. Keyingi maqsad - taxminan 2030-yilda deyteriy va tritiy sintezi natijasida energiya olişni namoyiş qiliş.

Loyiha boşqariladigan yadro sintezi yordamida sanoat miqyosida elektr energiyasi işlab çiqarişning prinsipial imkoniyatini tekşirişga qaratilgan.

Bu hozirça eksperimental qurilma bölib, qurilişning yakunlanişi tijoriy elektr taʼminoti darhol boşlanişini anglatmaydi.