Ukraina tört davlatdan: AQŞ, Hindiston, Turkiya va Misrdan öt oçişni töxtatiş böyiça takliflar oldi. Bu haqda taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga maʼlum qildi va Ukraina sulhning turli formatlariga tayyorligini, biroq öt oçişni töxtatiş ham energetika, ham Qora dengizga taalluqli bölişi şartligini taʼkidladi, deb yozdi «Yevropeyskaya pravda».

«Bizda törtta taklif bor. Eng keng qamrovlisi – Hindiston taklifi. Biz energetika va Qora dengiz sulhiga tayyormiz, lekin faqat şu uyğunlikda. Energetika va Qora dengizdagi sulh. Bu töliq energetik sulh, barça energetika obyektlariga, şu jumladan port infratuzilmasiga zarba berişni töxtatiş demakdir», – dedi vazir.

Uning sözlariga köra, Turkiya va Misrning takliflari öxşaş: bu mamlakatlar don eksportini qayta tiklaşga qaratilgan Qora dengizdagi sulhni taklif qilgan. Törtinçi taklif – Qöşma Ştatlardan. Uni Ukraina va AQŞ prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp uçraşuv çoğida muhokama qilgan.

«Umuman olganda, biz sulh prezident Zelenskiy va Putin uçraşuvining natijalaridan biri bölişi mumkin, deb hisoblaymiz. Biz sulhning turli formatlariga, jumladan, tutaşuv çiziği böylab sözsiz sulhga ham tayyormiz», – deb işontirdi diplomat.

Avvalroq, Zelenskiy AQŞda Tramp bilan uçraşuvdan söng Ukraina energetik sulhga tayyorligini, ammo rossiyaliklar bunga tayyor ekaniga şubha borligini aytdi. Xususan, uning sözlariga köra, agar Rossiya Ukraina Mudofaa kuçlari tomonidan uning neftni qayta işlaş sanoatiga zarbalar berilişini istamasa, Ukraina faqat rossiyaliklar Ukrainaning energetika tizimiga, suv taʼminoti va isitiş infratuzilmasiga hujum qilmagan taqdirdagina energetik öt oçişni töxtatiş rejimiga rozi böladi.