Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida  deputatlar qator qonun loyihalarini körib çiqişdi. Ular orasida – Soliq kodeksining 356-moddasiga tuzatişlar loyihasi, deb yozmoqda Norma.
 
Mazkur qonun loyihasi ötgan yilning noyabr oyi oxirida QHTBT portalida muhokama uçun taqdim etilgan edi. U turistik xizmatlarini onlayn bronlaş va sotiş böyiça dasturiy mahsulotlar hamda axborot tizimlarini joriy etişga yönaltirilgan mablağlar summasini turistik faoliyat sub'yektlarining soliq soliş bazasidan çegirib taşlaşni nazarda tutadi. 
 
Keyinroq Prezidentning 3.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmonida 2018 yilning 1 yanvaridan e'tiboran turizm mahsulotlarini sotiş va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bron (band) qiliş böyiça xizmat körsatuvçi xöjalik yurituvçi sub'yektlarning soliq solinadigan bazasi elektron xizmatlarni, jumladan, elektron tölovlar, bron (band) qiliş, ekvayring va boşqa xizmatlarni, şuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvçi ixtisoslaştirilgan internet-saytlar va portallarni yölga qöyişga yönaltirilgan xarajatlar miqdoriga kamaytirilişi mustahkamlandi.
 
Deputatlarning ta'kidlaşiça, kiritilayotgan qöşimça elektron tijorat infratuzilmasini joriy etişni hamda turistik xizmatlarni onlayn-bron qiliş va turistik mahsulotlarni internet orqali sotiş böyiça xizmat körsatuvçi turistik faoliyat sub'yektlari sonini köpaytirişni rağbatlantirişga xizmat qiladi.
 
Qonun loyihasini ikkinçi öqişda maromiga yetkaziş doirasida tahririy tuzatişlar kiritildi. Rossiya, Belorussiya va Gruziya kabi xorijiy mamlakatlar tajribasi takroran örganildi. Şuningdek parlament fraksiyalarining takliflari va tavsiyalari hisobga olindi.
 
Ularning fikriga köra, uşbu qonunning qabul qilinişi mazkur sohada körsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oşirişga, şu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etiş yöli bilan oşirişga, turistik xizmatlar narxini pasaytirişga, raqobatni rivojlantirişga xizmat qiladi.