Volkswagen va Audi kompaniyalari rul mexanizmidagi birikma bilan boğliq ehtimoliy muammo sababli dunyo böylab 2,1 milliondan ortiq avtomobilni çaqirib olmoqda. Bu haqda Umumgermaniya avtomobil klubi (ADAC) xabar qildi.
Gap 2017-yil 31-oktabrdan 2024-yil 23-maygaça (Audi) va 2013-yil 24-sentabrdan 2024-yil 1-iyulgaça işlab çiqarilgan (Volkswagen) Audi Q3, Volkswagen Golf, Golf Variant, Tiguan, Touran va Caddy modellari haqida bormoqda.
Işlab çiqaruvçining izohlaşiça, ayrim holatlarda korroziya sababli rul mexanizmidagi birikma bolti yemirilişi mumkin.
Çaqirib oliş kampaniyasiga tuşgan avtomobillar egalari avtoservisga murojaat qilişi kerak. U yerda bolt korroziyaga çidamliroq boltga almaştiriladi.
Sentabr oyida Volkswagen AQŞda 208,7 mingdan ortiq 2018-yilda işlab çiqarilgan Tiguan, 2018–2019-yillarda işlab çiqarilgan Atlas va 2019–2021-yillarda işlab çiqarilgan Audi Q3 modellarini qaytarib olişini maʼlum qilgan edi. Kompaniya bunga rul boltining muddatidan oldin korroziyaga uçraşi va sinişi xavfini sabab qilib körsatgan.











