Volkswagen Group kuzatuv kengaşi bir neça hafta davom etgan muzokaralardan söng konsern boşqaruvi tayyorlagan «Kelajak rejasi - 2030» (Zukunftsplan 2030) restrukturizatsiya dasturini bir ovozdan maʼqulladi.

Kompaniya maʼlumotiga köra, mazkur dastur Germaniya avtomobil giganti tarixidagi eng keng kölamli qayta taşkil etiş jarayoni böladi.

Rejaga muvofiq, Volkswagen kelgusida yiliga qariyb 9 mln avtomobil sotiş va yillik operatsion foydani 31 mlrd yevrogaça oşirişni maqsad qilgan.

Şu bilan birga, konsern rivojlanişdan voz keçmoqçi emas. 2027–2031-yillar davomida investitsiyalar, tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni işlab çiqiş uçun jami 135 mlrd yevro yönaltiriş közda tutilgan.

Modellar soni ikki barobar qisqaradi

Restrukturizatsiyaning eng muhim yönalişlaridan biri Volkswagen brendi ostida işlab çiqariladigan avtomobillar turini keskin kamaytiriş böladi.

2035-yilga borib Volkswagen modellari qatori taxminan 50 foizga qisqartiriladi. Avtomobillarning turli komplektatsiyalari soni esa 75 foizga kamaytirilişi rejalaştirilgan.

Konsern rahbariyatining hisob-kitobiga köra, modellar soni kamaytirilsa, har bir qolgan modelni kattaroq hajmda işlab çiqariş imkoni paydo böladi. Bu birxillaştirilgan detallardan köproq foydalaniş va işlab çiqariş xarajatlarini pasaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Qaysi avtomobillar işlab çiqarişdan olib taşlanişi hozirça maʼlum qilinmagan. Qoladigan modellar esa Ğarb va Şarq bozorlarining talablariga moslaştirilgan dizayn va texnologiyalar bilan xaridorlarni jalb qilişi rejalaştirilgan.

Qariyb 50 ming iş örni qisqaradi

Volkswagen Group rahbariyati Yevropadagi işlab çiqariş quvvatlari hozirgi ehtiyojdan ortiq ekanini qayd etgan.

Şu munosabat bilan konsernda «kadrlar salohiyatini moslaştiriş» jarayoni ötkaziladi. Uning doirasida boşqaruv lavozimlarini ham qöşib hisoblaganda, qariyb 50 ming iş örni qisqartirilişi rejalaştirilgan.

Biroq kompaniya hujjatida qisqartirişlar faqat Germaniyadagi korxonalarga tegişlimi yoki Volkswagenʼning boşqa mamlakatlardagi bölinmalarini ham qamrab oladimi - aniqlaştirilmagan.