Şu yilning 5 va 27 yanvar kunlari Samarqand viloyatida istiqomat qiluvçi hamyurtlarimiz, murğaq qalb egalari bölgan Sardorxon Ahmadxonov hamda Boburjon Qöldoşaliyevlarning xastalikdan foriğ bölişlari umidida xayriya aksiyalari boşlangan edi. Sardorxonning orqamiyasida yemiriliş borligi, boşmiyasida ham özgarişlar mavjudligini magnit tomografiyasi körsatgan. Sardorxonning ota-onasi bir neça xorijiy davlatlarga kasallik varaqalarini yuborgan, Turkiyadan ijobiy javob olişgan.                    

Hamyurtimiz Boburjon esa 4-darajali tuğma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgani, bu böyiça Özbekistonda jarrohlik amaliyoti ötkazilmasligi sababli Rossiyadagi Bakulev nomidagi yurak-qon-tomir tizimi jarrohligi klinikasida davolanişi talab qilinar edi. 

Xayriya aksiyalari boşlanişi bilanoq, juda qisqa fursatda yordamga muhtojlarga xayr-ehson qölini çözişga şoşiladigan saxovatpeşa hamyurtlarimiz kömagida ikki yurtdoşimiz uçun zaruriy mablağlar yiğildi. 

Foto: Sardorxon Ahmadxonov/Kun.uz

Sardorxon ota-onasi bilan Turkiyaga yöl oldi. Biz ular bilan uçraşib, oq yöl tiladik va Sardorxonga şifo berişini Allohdan sörab qoldik. 

Boburjon ham ota-onasi bilan Rossiyaga ketişdi. Ayni vaqtda ular Moskvada davolanmoqda.  

Foto: Boburjon Qöldoşaliyev/KUN.UZ

Azizlar, mana ikki oila öz vatanlarini vaqtinça bölsa-da, tark etib xorijga ketişdi. Ularga musofir yurtlarda bizlarning pulimizdan ham köproq ma'naviy kömagimiz, duoimiz muhim. Şu boisdan ham duo qilaylik, şu jajji hamyurtlarimiz xorijdan komil şifo topib kelişsin. Ota-onasi, el-u yurti, Vataniga xizmat qiladigan, közlarni quvontirib yuradigan, qadamidan öt çaqnagan farzandlar bölib voyaga yetişsin! 

Mazkur xayriya aksiyasida özining ozdir-köpdir hissasini qöşgan barça-barçaga Alloh savoblarni köpaytirib bersin. Ajrini u dunyo, bu dunyo zoye qilmasin! Omin!