BMTning qarori bilan 2011 yilda muzlatilgan, Liviyaning Belgiyadagi Euroclear Bank bankidagi hisob-raqamlarida saqlangan mablağlaridan 10 mlrd yevrodan köproği 2013-2017 yillarda yöqolib qolgan. Bu haqda Le Vif naşri xabar bermoqda.
Maqolada tuşuntirilişiça, bu mablağlar Liviyaning sobiq yetakçisi Muammar Kaddafiy yaqinlari tomondan nazorat qilingan.
2013 yil 29 noyabr holatiga köra, Libyan Investment Authority va Libyan Foreign Investment Company kompaniyalari uçun oçilgan 4 ta hisob raqamida 16,1 mlrd yevro bölgan.
Belgiya hukumati 2017 yil kuzda pul yuviş böyiça tergov doirasida 16 mlrd yevroga taqiq qöyilmoqçi bölganda bu mablağlardan ançagina qismi yöqligini aniqlagan. Aniqlanişiça, hisob raqamlarda 5 mlrd yevrodan sal köproq pul bölgan.
Biroq Belgiya moliya vazirining aytişiça, Belgiya bu hisob raqamlardan taqiqni olmagan.
Naşr ma'lumotlariga köra, endi Belgiya bu hisob raqamlar muzlatilişini töğri nazorat qilgani-yöqligi borasida savol yuzaga kelgan.
Muammar Kaddafiy Liviyani 40 yildan köproq boşqargan va 2011 yil oktabrda isyonçilar tomondan öldirilgan.












