Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan sanitar tozalaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlariga oid qarorida mamlakatda qattiq maişiy çiqindilarni saralab jamlaş tizimiga ötişning asosiy yönalişlari hamda vazifalari belgilab berildi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

Qattiq maişiy çiqindilarni saralab jamlaş tizimi turli rangdagi çiqindi konteynerlarini örnatişni talab qiladi. Odatda oq rangli konteyner – qoğoz çiqindilari, havorang konteyner – plastmassa bölaklarini va sariq rangdagi konteyner esa —  oziq-ovqat qoldiqlari uçun işlatiladi.

Eslatib ötamiz, çiqindilarni saralab  jamlaş tizimi Toşkentda 2012  yildan buyon işga tuşiriş rejalaştirilgan, lekin bu reja haligaça amalga oşirilmagan edi.

Hujjatga köra, ikki oy içida Özbekistonda 2018-2021 yillarda maişiy çiqindilarni saralab  jamlaş tizimini işga tuşiriş böyiça “yöl xaritasi”, 2018 yilning 1 noyabridan esa qattiq çiqindilarni boşqariş borasida Milliy strategiya loyihasi tayyorlanişi lozimligi körsatib ötilgan.

Ta'kidlanişiça, Özbekistonda çiqindilarni qayta işlaş infratuzilmasi asta-sekin yaratilyapti. Oxirgi bir yarim yil içida  yurtimizning 9 şahrida 1,2 million tonnadan ortiq çiqindilarni jamlaş, saralaş, taşib çiqiş, utilizatsiya qiliş va qayta işlaş böyiça klasterlar yaratildi.

Bundan taşqari, respublikada 13 ta “Toza hudud” hududiy unitar korxonasi va ularning 174 ta filiali taşkil qilinib, ular kerakli maxsus texnikalar bilan jihozlangan. Pirovardida aholiga sanitar tozalaş xizmatlari körsatiş hajmi 10 baravar oşdi.

Öz navbatida, barça aholi punktlarida 322 ta yangi turdagi çiqindilarni qayta işlaş zavodi qurildi. Çiqindi jamlaş punktlari 2652 ta zamonaviy konteyner bilan ta'minlandi, 97 ta qattiq maişiy çiqindi poligoni jihozlandi.