Gretsiyaning PAOK klubi prezidenti Ivan Savvidining AYeK klubiga qarşi öyin vaqtida amalga oşirilgan xatti-harakatlari ortidan mamlakat çempionati töxtatilişi mumkin.

Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras va Sport vaziri örinbosari Georgis Vassiliadis keyingi tur öyinlari ötkazilmasligini istaşmoqda.

Bundan taşqari, politsiyaga Savvidini va u bilan birga maydonga yugurib çiqqan uning tansoqçilarini hibsga oliş uçun order berilgan.

11 mart kuni PAOK va AYeK jamoalari uçraşuvi oxirida hakam mezbonlar jamoasining golini hisobga olmaganidan keyin maydonda katta janjal kelib çiqqandi. Bu tartibsizlik fonida PAOKning xöjayini, rossiyalik biznesmen Ivan Savvidi qurol kötarib maydonga tuşişi va boşqalarga tahdid qilişi katta rezonans keltirib çiqardi. 

Qayd etilişiça, Gretsiya futbol federatsiyasi UYeFA bilan bu masalada hamkorlik qiladi.

Ert.gr naşrining yozişiça, bu voqea tufayli Gretsiya klublari va mamlakat terma jamoasi UYeFA va FIFA doirasidagi barça turnirlardan çetlatilişi ham mumkin.