Turkiyaning Örta Yer dengizidagi qöşnilari – Yunoniston, Kipr va Isroil örtasidagi ittifoq Anqarani xavotirga solişi tabiiy. 2025-yil dekabrida uç davlat harbiy hamkorlikni kuçaytirişga kelişib olgan. Gretsiya Isroilning PULS raketa tizimlarini Turkiya qirğoqlari yaqiniga joylaştirişi aytilyapti. Bunga javoban Turkiya Saudiya Arabistoni va Pokiston bilan mudofaa alyansini tuzdi.
Professor Farhod Karimov Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida mavzuni xaritalar uzra şarhlab berdi.
- Gretsiya–Kipr–Isroil uçligi xaritada qanday uçburçak hosil qiladi va uning markazida Kiprning joylaşuvi nima uçun strategik ahamiyatga ega?
- Isroil, Kipr va Gretsiyaning Turkiya bilan hal qilinmagan masalalari va ziddiyatlari mavjud. Ular xavfsizlik, hududiy daʼvolar va dengiz yöllari bilan boğliq. Kipr uçun esa bu, avvalo, mustaqillik va orolning yaxlitligi masalasidir. Bu uç davlatning har biri öziga xos strategik ahamiyatga ega. Bugun ular orasidagi hamkorlikni kuçaytirayotgan asosiy omillardan biri esa Turkiya bilan tobora kuçayib borayotgan raqobatdir. Ayniqsa, Isroil va Turkiya örtasidagi qarama-qarşilik sönggi davrda sezilarli darajada kuçaydi.
Xaritaga eʼtibor qaratsak, Isroilning strategik çuqurligi Turkiyaga nisbatan juda kiçik. Isroil dengizga çiqiş imkoniyatiga ega bölsa-da, Örta Yer dengizida Turkiyani mustaqil ravişda çeklaş yoki unga bosim ötkaziş imkoniyatlari çeklangan. Şu sababli Isroilga mintaqadagi hamkorlar kerak. Bu borada Turkiya bilan uzoq yillardan beri raqobat qilib kelayotgan Gretsiya va Kipr alohida ahamiyat kasb etadi.
Aynan şu uç davlatni umumiy strategik manfaatlar birlaştirmoqda. 2025-yil dekabr oyida ular Nikosiyada 2026-yil uçun harbiy hamkorlik va qöşma harakatlar böyiça bir yillik yöl xaritasini tasdiqladi.
Turkiyaning geografik jihatdan qulay joylaşuvi uning strategik mavqeyini belgilaydi. Lekin Qora dengizdan Örta Yer dengiziga çiqadigan asosiy dengiz yöli Bosfor va Dardanel böğozlari orqali ötib, Egey dengiziga çiqadi, Egey dengizidagi aksariyat orollar esa Yunonistonga tegişli.
Egey dengizida 2 200 dan ortiq katta-kiçik orollar mavjud. Ularning 200 dan ortiğida aholi istiqomat qiladi. Orollarning katta qismi Gretsiyaga tegişli ekani dengiz hududlari masalasini murakkablaştiradi. Bu yerda xalqaro dengiz huquqi ham muhim ahamiyatga ega. Amaldagi tartibga köra, qirğoqböyi davlatlarining hududiy suvlari 12 dengiz miligaça çözilişi mumkin. Bu taxminan 22 kilometrga teng.
















