"Tanagrada körgazmali parvoz vaqtida F-4 Phantom qiruvçi samolyoti qulab tuşdi", - deb xabar berdi ERT telekanali.
Xabarda aytilişiça, samolyot havoga kötarilganidan söng bir neça daqiqa ötib pastga şönğigan va yerga urilib ikkiga bölinib ketgan.
Samolyotning har ikki bölagida yonğin kelib çiqqan. Yonğinni öçirişga 11ta vertolyot va samolyot jalb etilgan.
Oxirgi maʼlumotlarga köra, samolyotning ikki uçuvçisi halok bölgan.











