Xalqaro Islom savdo-moliyaviy korporatsiyasining boş operatsion direktori N.Nurdali rahbarligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrifi davomida Respublika Investitsiyalar böyiça davlat qömitasida böldi. U yerda Özbekiston Respublikasi va Xalqaro Islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi örtasida Hadli kelişuv imzolandi. Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi matbuot xizmati şu haqida xabar berdi.

Hadli kelişuvda Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi tomonidan Özbekiston rezidentlariga ikki yil davomida eksport oldi moliyalaştiriş, asosiy xomaşyo va boşqa tovarlar importini moliyalaştirişga qisqa muddatli kreditlar körinişida 100 million dollar summasidagi moliyaviy resurs (yiliga 50 million dollardan) ötkaziş közda tutiladi. 

Mazkur hujjat Özbekiston Respublikasining Xalqaro islom savdo-moliyaviy korporatsiyasiga a’zo bölişiga zamin yaratadi va bu borada muhim qadam hisoblanadi. 

Ma’lumot uçun: Xalqaro Islom savdo-moliyaviy korporatsiyasi (XISMK) Islom taraqqiyot bankining avtonom bölimi hisoblanadi. XISMK har yili öz iştirokçilariga 4-5 milliard dollar miqdorida moliyaviy kömak körsatadi.