Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Özbekiston va Tojikiston hukumatlari örtasida fuqarolarning kelib ketişlari töğrisidagi bitimning qöllanişi yuzasidan izoh berdi.

«2018 yilning 9-10 mart kunlari Özbekiston Respublikasi Ş.M.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga taşrifi doirasida fuqarolarning özaro kelib ketişlari töğrisida hukumatlararo bitim imzolandi. Unga köra ikki davlat fuqarolari 30 kungaça vizasiz özaro safar qilişlari mumkin.

Ommaviy axborot vositalarida uşbu Bitimning amal qilişi boşlangani töğrisida ma'lumot tarqalgani va davlat çegarasidagi ötkaziş punktlarida fuqarolar uçun noqulayliklar paydo bölişini oldini oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi uşbu Bitimning qöllanişi uçun tomonlarning içki tartib-qoidalari (tasdiqlaş / ratifikatsiya qiliş) yakunlanişi kerakligini ma'lum qiladi.

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Tojikiston tomoni bilan birgalikda tegişli tartiblarni tezda joriy etiş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşiradi.

Şartnoma kuçga kiriş sanasi qöşimça ravişda e'lon qilinadi», deyilgan xabarnomada.