Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Zamboanga şahridagi çiqişida harbiylarni BMT mutaxassislari bilan hamkorlik qilişdan boş tortiş va ularni “timsohlar oldiga taşlaşga” çaqirdi. Bu haqda RT telekanali xabar bermoqda.  

Duterte BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Ra'd al Husaynning unga psixiatrik tekşiruvdan ötiş taklifiga şu tariqa javob bergan.

Duterte al Husaynni “ahmoq” deb atab, BMT mutaxassislari bilan hamkorlik qilmaslikka va ularning inson huquqlari borasidagi savollariga javob bermaslikka çaqirgan. “Buni menga qoldiring. Ular bu yerga keladilar. Bu yerda sizlarda inson göştini yeydigan timsohlar bor şekilli? Bu köppaklarni ularni oldiga taşlang”, deb aytgan Duterte.  

Avvalroq al Husayn fevralda BMTning maxsus ma'ruzaçilaridan biri Filippinda terrorçilikda va Filippin yangi xalq armiyasi va kommunistik partiyasiga a'zolikda ayblanayotgan 600 kişidan iborat röyxatga tuşgani sababli Dutertega psixiatrik tekşiruvdan ötişni taklif qilgan.