2018 yilning 15-17 mart kunlari Savdo-Sanoat Palatasi, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim Vazirligi, «Expocontact» kompaniyasi ön sakkizinçi xalqaro «Ta'lim va Mutaxassislik» körgazmasini taşkil qiladi.

Manzil: Yoşlar Ijod Saroyi, Mustaqillik köçasi 2, möljal «Mustaqillik maydoni» metrosi.
Körgazmaning asosiy maqsadi:
Özbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar öquv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta'lim berişlari bilan taniştiriş, özaro tajriba almaşişga kömaklaşiş, şuningdek yoşlarga va keng ommaga özlarini qiziqtirgan mutaxassisligi böyiça bilim olişlari uçun, öquv yurtlarini tanlaşga yordam beriş.
Körgazmaning vazifalari:
- Özbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar öquv yurtlarida qaysi mutaxassisliklar böyiça ta'lim olişning imkoniyatlari borligi haqida ma'lumot beriş;
- Yoşlarda mutaxassislik tanlaşga qiziqtiriş uyğotiş va şu sohada ta'lim olişga jalb etiş;
- Ikkinçi kasb-hunar örganiş yoki öz kasbi böyiça malakasini oşiriş istagida bölgan şaxslarga ta'lim oliş uçun öquv yurtini topişga yordam beriş;
- Öquv yurtlarini jihozlaş uçun işlab çiqarilgan, texnik vositalar, öquv-metodologik adabiyotlar, mebel-jihozlar va kompyuterlaştirişning eng oxirgi yutuqlari bilan taniştiriş.
Körgazmaning asosiy yönalişlari:
- Oliy öquv yurtlari;
- Örta maxsus ta'lim muassasalari;
- Öquv markazlari;
- Malakani oşiriş institutlari;
- Xususiy maktablar, til markazlari;
Körgazmaning yordamçi yönalişlari:
- Ta'lim muassasalari uçun dasturlar;
- Ta'limdagi informatsion texnolgiyalar;
- Öquv qöllanmalar;
- Öquv mebeli va kantselyariya jihozlari;
- Sport jihozlari.
Körgazmaga taşrif buyuruvçilar – maktab, kollej va litsey öquvçilari, abituriyentlar, talabalar, ularning ota-onalari, öquv muassasalarining vakillari, şuningdek barça qiziquvçilar.
Körgazma ötkaziliş davrida mamlakatimizning 35 dan ortiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod öquv markazlari, hamda Yevropa, Osiyo, Latviya, Rossiya va bir qança boşqa mamlakat universitetlari iştirok etdi. « Ta'lim va Mutaxassislik » körgazmasiga umumiy hisobda 30.000 dan ortiq odam taşrif buyurdi. Taşrif buyurganlarning asosiy qismi 14-25 yoşdagi yoşlar böldi.
Iştirok etiş şartlari:
Körgazmada iştirok etişni istagini bildirgan jismoniy va yuridik şaxslar, taşkilotçining nomiga belgilangan şakldagi arizani jönatib, şartnoma tuzadi.
Stendning minimal hajmi 9 kv.m., uçta devor, 1stol, 2 stul, 1 urna, 220B quvvatdagi elektr tarmoği, 2ta çiroq, friz yozuvi, katalog (iştirokçilar haqida ma'lumot), iştirokçilar uçun 2 ta beydjik (ruxsatnoma).
Körgazma yakunida iştirokçilari faxriy yorliq bilan taqdirlanadilar.
Körgazma taşkilotçisi:
Expocontact
100070, Özbekiston Respublikasi Toşkent ş. Ş.Rustavelli k. 22
Murojaat uçun telefon: 256-36-14
Faks: +99871 256-36-13
Ye-mail: [email protected]
Xalqaro körgazmada iştirokingiz – bu özingizning maxsus fakultet va bölimlaringizni taniştiriş, u yoki bu ta'lim oliş şaklining afzalliklarini namoyon qiliş imkoni! Sizlarni körgazmada iştirok etişga taklif etamiz.
Reklama huquqi asosida










