Venesuela yangi, 100 ming bolivarlik hozirça eng yirik kupyurani muomalaga kiritmoqda, deb xabar berdi mamlakat Aloqa va axborotlaştiriş vazirligi.
Yangi pul belgisi Janubiy Amerikaning uşbu davlatdagi öta yuqori inflyatsiya hamda naqd hisob-kitoblar uçun pul massasining çuqur yetişmasligi fonida muomalaga kiritilmoqda. Şu bilan birga, 100 ming bolivar miqdoridagi yangi kupyurani “qora bozorda” atigi yarim AQŞ dollari evaziga sotib oliş mumkin.
Seşanba kuni Amerika valyutasining nolegal bozordagi kursi deyarli 217 ming bolivarni taşkil etdi, deb xabar qilmoqda Dolar Today portali. Ta'kidlab ötiş joizki, fevral oxirida “petro” yangi kriptovalyutasi joriy etilganidan beri dollar kursi taxminan 6 foizga tuşdi – 230 ming bolivardan 217 minggaça.












