Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida 2018 yil 9 mart kuni Beştol MFY Hurlik köçasida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan A.Q. 19.00larda birga yaşovçi ukasi, ATB “Hamkorbank” tuman filiali işçisi, 1990 yilda tuğilgan F.Q. özining “Neksiya” rusumli avtomaşinasida iş joyidan noma'lum tomonga ketib, bedarak yöqolganligini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qidiruv işlari natijasida avtomaşina Qörğontepa tumani Yangi-böston MFY hududida joylaşgan “Omad Zuhro” fermer xöjaligidan oqib ötuvçi “Savay ariq” kanalidan topilgan.
Şuningdek, Nafosat mahallasida joylaşgan “Oxunjon yer saxovati” fermer xöjaligidan oqib ötuvçi “Savay ariq” kanalidan F.Q.ning boş va çap biqin sohalarida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Jalaquduq tumani Beştol MFY Boğ köçasida yaşovçi, 1994 yilda tuğilgan F.S. va Qirğiziston Respublikasi fuqarosi, Öş şahri Zaynobidinova dahasi Öş köçasida yaşovçi, 1995 yilda tuğilgan A.I. sodir etganliklari aniqlandi.












