Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 19 dekabrida ötkazilgan videoselektor yiğilişida boğçalarda bolalarni soğlom ovqatlantiriş va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratiş zarurligi ta'kidlangan edi.
Ana şu vazifalarni amalga oşiriş maqsadida, joriy yilning 1 fevralidan Toşkent şahridagi davlat maktabgaça ta'lim muassasalariga tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib beriş böyiça tuman maktabgaça ta'lim bölimlari bilan töğridan-töğri şartnomalar tuzişga eksperiment tariqasida ruxsat berildi. Bu haqda Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, şu kungaça poytaxtning Sergeli, Olmazor va Çilonzor tumanlaridagi ayrim MTMda ketring usulida ovqatlantiriş yölga qöyilganligi borasida xabar berilgan edi. Bugun bu estafetani Yakkasaroy tumanidagi №250, 323, 335 va 358 maktabgaça ta'lim muassasalari qabul qildilar.

Mazkur boğçalarda soğlom va xavfsiz ovqatlanişini taşkil etiş maqsadida tumandagi №323 boğçada eksperiment taşkil etilib, unga poytaxtimizdagi “Soğlom bola savdo”, “KMM SOFT BIZNES”, “MARVARID SOFT SAVDO”, “MAX ELITE GROUP” hamda “UNIQUE ASE” mas'uliyati çeklangan jamiyatlar vakillari taklif etildilar. Uşbu beşta korxonalar tomonidan menyuda belgilangan 1 va 2 taomlar tayyorlanib, mutaxassislardan taşkil topgan hay'at a'zolari va ota-onalarga taqdim etildi.
Mutaxassislar, ota-onalar va hay'at a'zolarining fikr va mulohazalari yakuni bilan uşbu eksperimentda 1-örinni “UNIQUE ASE”, ikkinçi örinni esa “MARVARID SOFT SAVDO” MÇJlar tomonidan tayyorlangan taomlar egalladi. Yakkasaroy tuman maktabgaça ta'lim bölimi ular bilan şu yerning özida şartnoma imzolab, beşta boğça oşxonasi eksperiment ğoliblari ixtiyoriga foydalaniş uçun topşirildi.

Ma'lumot örinda aytiş lozimki, bugun poytaxtning Uçtepa tumanidagi “Paxtaoy” nomidagi 244-MTMda ham xuddi şunday tajriba ötkazilib, unda iştirok etgan 6ta korxona içidan “KIDS LANCH” va “MARVARID” mas'uliyati çeklangan jamiyat vakillari ğolib deb topildilar. Uçtepa tuman maktabgaça ta'lim bölimi ğolib MÇJlar bilan özaro şartnomalar imzolab, unga köra joriy yilning 1 aprelidan Uçtepa tumanidagi №450 va 680 boğça oşxonalari tadbirkorlar ixtiyoriga topşiriladi.

Maktabgaça ta'lim tizimida tarbiyalanuvçilarni ovqatlantirişni taşkil etişda şaffoflik ta'minlanib, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini öz vaqtida yetkazib beriş va narx siyosatiga rioya qilgan holda xarid tizimi ham yölga qöyilmoqda.
Asosiy maqsad — bolalar uçun sifatli va soğlom ovqatlanişni ta'minlaş, boğça xodimlarini birinçi navbatda bolalar tarbiyasi va ta'limi bilan şuğullanişlari uçun ularni tarmoq vazifalariga tegişli bölmagan vazifalardan ozod etişdan iboratdir. Bunday tajribalar natijasi esa MTM oşxonalaridagi muammolarning oldini olinişini ta'minlaydi.

Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan tajriba natijalari tahlil qilinib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi.












